Antaliya atrofidagi o‘rmonda yong‘in yuz berdi — video

eʼlon qilindi
Yong‘in sababi hozircha noma’lum
Foto: Antalya Hakkinda

Antaliya atrofidagi Kundu hududida tun davomida o‘rmon yong‘ini chiqdi. Bu hudud sayyohlar ko‘p boradigan mehmonxonalar yaqinida joylashgan, deya xabar bermoqda Antalya Hakkında portali.

«Alaniyadan keyin Kundu va Belek hududlari oralig‘ida ham o‘rmon yong‘ini yuz berdi. Yong‘in sababi hozircha noma’lum», — deyiladi xabarda.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan bo‘lib, ular yong‘inni o‘chirish ishlarini olib bormoqda. Kuchli shamol tufayli olov tez tarqalish xavfi mavjud.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Viloyat hokimi Xulusi Shahinning ma’lum qilishicha, shamolning pasayishi va o‘t o‘chiruvchilarning faol ishlari tufayli vaziyat asta-sekin barqarorlashmoqda. Hozircha yong‘in faqat bitta nuqtada davom etmoqda va kuchini yo‘qotmoqda.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

«Ayni damda shamol sustlashgani sabab Alaniyadagi yong‘in energiyasi kamaydi. Agar vaziyat keskinlashmasa, yaqin soatlarda yaxshi xabar beramiz», — dedi Shahin.

Guvohlarning aytishicha, shaharda qalin tutun tarqalib, turistlarni to‘g‘ridn to‘g‘ri mehmonxonalardan olib chiqishga to‘g‘ri kelgan. Shahin evakuatsiya sababini kuchli tutun bilan izohladi.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Yong‘inni o‘chirishga 639 nafar xodim, 2 ta samolyot, 10 ta vertolyot va 201 ta texnika jalb etilgan. Jarayonga qo‘shni hududlardan ham yordam ko‘rsatilmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, 24 soat ichida hududda 21 ta yong‘in qayd etilgan — ulardan 10 tasi o‘rmon, 11 tasi qishloq xo‘jaligi yerlari.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yakkasaroy tumanidagi plastmassa quvurlar ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek