Sport

APL. Mersisayd derbisida «Liverpul»ning qo‘li baland keldi

Foto:Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 5-turidan oʻrin olgan bahsda «Liverpul» va «Everton» oʻzaro toʻqnash keldi va yakunda mezbonlar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 10-daqiqada Ryan Gvaranberx tomonidan ochildi. 29-daqiqada Ugo Ekitike jamoasining ustunligini mustahkamladi.

59-daqiqada esa Idrissa Guye «Everton»ning javob toʻpiga mualliflik qildi.

Jamoalar qanchalik harakat qilishmasin uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi va «qizillar» uch ochko egasiga aylandi.

Ma’lumot uchun, ushbu bahsdan soʻng «Liverpul» oʻz ochkolari hisobini 15 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. «Everton» esa 7 ochko bilan 7-oʻrinda bormoqda.

APL. 5-tur

«Liverpul» — «Everton» 2:1

Gollar: Gvaranberx (10), Ekitike (29) — Guye (58)

Liverpul — Alisson, Bredli, Konate, Van Deyk, Kerkez, Gvaranberx, Makallister (Jons, 61), Saloh, Saboslay, Gakpo (Virts, 61), Ekitike (Isak, 67).

Everton — Pikford, O’Brayn, Tarkovski, Kin, Mykonelko (Alkaras, 86), Guye, Garner, Ndiaye (Dibling, 86), Dyusberi-Holl, Grilish, Beto (Barri, 46).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash uchrashuvini boshqarishi haqida xabar berilgandi.