Sport

APL. «Tottenhem» safarda kambek amalga oshirib, magʻlubiyatdan qutulib qoldi, «Kristal Pelas» esa «Vest Hem»dan ustun keldi va boshqa natijalar

Foto: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 5-turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Dastlab, «Tottenhem» safarda «Brayton» mehmoni boʻldi va yakunda kambek amalga oshirib, magʻlubiyatdan qutulib qoldi.

APL. 5-tur

«Brayton» — «Tottenhem» 2:2

Gollar: Minte (8), Ayari (31) — Risharlison (43), Hekke (avtogol, 82).

Shuningdek, «Kristal Pelas» safarda «Vest Hem»ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Bellashuvda Mateta va Mitchell 37 hamda 68-daqiqalarda gol urib, mehmonlarga gʻalaba taqdim etgan boʻlsa, Bouen 49-daqiqada mezbonlarning yagona javob to’piga mualliflik qildi.

«Vest Hem» — «Kristal Pelas» 1:2

Gollar: Bouen (49) — Mateta (37), Mitchell (68).

«Vulverxempton» va «Lids» o’rtasidagi bahsda esa mehmonlar 1:3 hisobidagi gʻalabani tantana qildi.

Dastlab, Kreychi 8-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi, biroq «Lids» yakunda iroda ko‘rsatib, uchta gol urdi.

«Vulverxempton» — «Lids» 1:3
Gollar: Kreychi (8) — Kalvert-Lyuin (31), Stak (39), Okafor (45).

Kunning yana bir bahsi «Byornli» va «Nottingem Forest» o’rtasida kechdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

Dastlab, Uilyams 2-daqiqada tezkor gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 20-daqiqada esa Entoni muvozanatni tikladi.

«Byornli» — «Nottingem Forest» 1:1

Gollar: Entoni (20) — Uilyams (2).

Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Liverpul» va «Everton» o’rtasidagi Mersisayd derbisi «qizillar»ning gʻalabasi bilan yakunlangani haqida xabar berilgandi.