Yangiliklar

AQShda «Oltin karta» dasturi ishga tushdi

AQShdagi loyihalarga kamida $1 million sarmoya kiritish evaziga beriladi
Oltin karta
Foto: USAHerald

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda yangi «Oltin karta» dasturini e’lon qildi. Bu haqda Oq uyning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Endilikda AQShdagi loyihalarga kamida $1 million sarmoya kiritgan xorijlik tadbirkorlar mamlakatda yashash va ishlash huquqini tezlashtirilgan tartibda qo‘lga kiritishi mumkin.

Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, «Oltin karta» dasturi hozirgi EB-1 va EB-2 vizalarini almashtiradi. U faqat AQSh uchun alohida ahamiyatga ega deb topilgan badavlat xorijiy investorlar uchun mo‘ljallangan.

Tramp ma’muriyati dastlab 80 mingta karta berishni rejalashtirmoqda. Dastur orqali AQSh g‘aznasiga $100 milliard atrofida mablag‘ kelib tushishi kutilmoqda.

Shuningdek, ilgari bepul berilgan yuqori malakali ishchilar uchun H1-B vizasi endilikda $100 ming dollarlik to‘lov asosida taqdim etilishi ham ma’lum qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Green Card lotereyasida ishtirok pullik bo‘lishi haqida yozgandi.