La Liga. «Real Madrid» Mbappe va Militaoning gollari evaziga ishonchli gʻalabaga erishdi

20-sentabr 2025 21:33 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

Ispaniya La Ligasi 5-turidan oʻrin olgan bahsda Madridning «Real» klubi oʻz maydonida «Espanyol»ni qabul qildi va yakunda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab, uchrashuvning 22-daqiqasida Eder Militao uzoq masofadan super gol urib, hisobni ochdi. 47-daqiqada esa Kilian Mbappe jamoasining ustunligini mustahkamladi.

Qayd etish joiz, uchrashuvda Jud Bellingem jarrohlik amaliyotidan so‘ng ilk bor maydonga tushdi.

Shu tariqa «Real» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 15 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Espanyol» esa 10 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.

La Liga. 5-tur

«Real Madrid» — «Espanyol» 2:0

Gollar: Militao (22), Mbappe (47).

Real Madrid — Kurtua, Karvaxal, Asensio, Militao, Karreras, Mastantuono (Brahim, 77), Valverde, Chuameni (Kamavinga 90), Vinisius (Rodrigo, 77), Garsiya (Guler, 61), Mbappe (Bellingem, 89).

Espanyol — Dmitrovich, Hilali, Kalero, Kabrera, Romero, Gonsales, Lozano (Karreras, 63), Dolan (Pikel, 63), Eskpozito (Koleosho, 63), Puado (Garsiya, 77), Fernandes (Rocha, 84).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bavariya» Bundesliganing 4-turidan o‘rin olgan «Hoffenhaym»ga qarshi bahsda yirik hisobda g‘alaba qozongani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek