Toshkentdan Xojikentga va Chinorkentga boruvchi elektropoyezdlar ikki kunga bekor qilindi
eʼlon qilindi
22–23-sentabr kunlari

Texnik sabablar tufayli 22–23-sentabr kunlari ayrim shaharlararo elektropoyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’lum qildi.
Xususan, 6435/6436-sonli Toshkent–Xojikent–Toshkent va 7203/7204-sonli Toshkent–Chinorkent–Toshkent yo‘nalishlarida qatnovlar ikki kun davomida amalga oshirilmaydi.
Kompaniya yo‘lovchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, batafsil ma’lumotlarni o‘zining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olish mumkinligini eslatib o‘tdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan shahar atrofi elektropoyezdlari yangi jadval bo‘yicha harakatlanishi haqida yozgandi.