Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini ma’qulladi

eʼlon qilindi
Bu haqda YK rasmiy vakili Paula Pinyu ma’lum qildi
Yevropa Ittifoqi
Foto: OCED

Yevropa komissiyasi (YK) Rossiyaga qarshi navbatdagi, 19-sanksiyalar paketini ma’qulladi. Bu haqda YK rasmiy vakili Paula Pinyu ma’lum qildi.

«Bugun biz Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tasdiqlaganimiznixabar qilamiz. Gap 19-paket haqida bormoqda. Komissiya raisi Ursula fon der Lyayen tashqi ishlar bo‘yicha Oliy vakil Kaya Kallas bilan birga ushbu paket haqida bayonot beradi», — dedi matbuot kotibi juma kuni Bryusselda o‘tkazilgan brifingda.

Ammo fon der Lyayen va Kallas jadval sababli jurnalistlar oldida to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish qila olmaydi.

«Sizga tasdiqlayman, rais fon der Lyayen tomonidan yozib olingan bayonot EBS kanalida namoyish etiladi. Savollar berish imkoni bo‘lmaydi», — dedi Pinyu.

Kallasning bayonoti yozma yoki video shaklda bo‘lishi hozircha noma’lum.

Oldinroq YK tomonidan ma’qullangan yangi cheklov choralariga oid qonunchilik taklifini Yevropa kengashi yakdillik bilan tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

Qo‘shimcha savolga javoban matbuot kotibi izoh berdi: «Odatdagidek, YK tomonidan sanksiyalar bo‘yicha taklif qabul qilingach, uning matni darhol e’lon qilinmaydi. Matn faqat kengash bilan kelishuvga erishilgach, keyinroq chop etiladi. Hozircha yakuniy matn mavjud emas».

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa Ittifoqi yangi sanksiyalar paketida rossiyaliklarga viza cheklovini kiritmoqchiligi haqida yozgandi.

Shuningdek