
Italiya A Seriyasining 4-turidan oʻrin olgan bahsda «Latsio» va «Roma» oʻzaro to‘qnash keldi va yakunda «boʻrilar» minimal hisobda gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 38-daqiqada Lorenzo Pellegrini tomonidan kiritildi. Ushbu gol mehmonlarning gʻalabasi uchun yetarli boʻldi.
Shu tariqa «Roma» ushbu o‘yindan soʻng oʻz ochkolari hisobini 9 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 4-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Latsio» esa 3 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.
A Seriya. 4-tur
«Latsio» — «Roma» 0:1
Gol: Pellegrini (38).
Latsio — Provedel, Marishich, Gila, Romagnoli, Tavaresh (Pellegrini, 46), Gendozi, Rovella (Kataldi, 46), Dele-Bashiru (Belahyane, 14), Pedro (Noslin, 79), Dia (Kastellanos, 62), Zakkagni.
Roma — Svilar, Chelik, Manchini, Ndika, Rensh, Kone, Kristante (El Aynaui, 81), Anxelinyo (Tsimikas, 81), Pellegrini (Pisilli, 73), Soule (Baldanzi, 73), Fergyuson (Dovbik, 66).
Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Inter Mayami» MLSning 31-turidan oʻrin olgan «Di Si Yunayted»ga qarshi bahsda Lionel Messining dubli evaziga gʻalaba qozongani xabar qilingandi.