
Angliya Premyer-ligasining 5-turidan oʻrin olgan bahsda Abduqodir Husanov toʻp suradigan «Manchester Siti» safarda «Arsenal» mehmoni boʻldi va yakunda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
Uchrashuvda hisob 9-daqiqada Erling Holand tomonidan ochildi. Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Gabriel Martinelli londonliklarni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, ikkinchi boʻlim boshida zaxiraga olindi.
Ushbu natijadan soʻng «Manchester Siti» oʻz ochkolari hisobini 7 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 9-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Arsenal» esa 10 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
APL. 5-tur
«Arsenal» — «Manchester Siti» 1:1
Gollar: Martinelli (90+3) — Holand (9).
Arsenal — Rayya, Timber (Martinelli, 80), Saliba, Gabriel, Kalafiori, Subimendi (Moskera, 90+8), Rays, Merino (Eze, 46), Madueke (Saka, 46), Trossar (Nvaneri, 84), Gokeresh.
Manchester Siti — Donnarumma, Husanov (Nunesh, 46), Diash, Gvardiol, O’Rayli (Stounz, 87), Rodri, Silva, Reynders, Foden (Ake, 68), Doku (Savinio, 87), Holand (Niko, 76).
Ogohlantirishlar: Silva (36), Timber (46), Donnarumma (77).
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Eldor Shomurodov «Istanbul Bashakshehir» safida navbatdagi golini urgani haqida xabar berilgandi.