
Angliya Premyer-ligasining 5-turidan oʻrin olgan markaziy uchrashuvlardan birida «Manchester Yunayted» va «Chelsi» oʻzaro to’qnash keldi. Yakunda mezbonlar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab, hisob 14-daqiqada Bruno Fernandesh tomonidan ochildi. 37-daqiqada esa Kazemiro ustunlikni mustahkamladi.
Ikkinchi boʻlimning soʻnggida, aniqrogʻi 80-daqiqada Trevo Chaloba londonliklarning yagona javob toʻpiga mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Manchester Yunayted» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 7 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 9-o’ringa koʻtarilib oldi. «Chelsi» esa 8 ochko bilan 6-oʻrinda qoldi.
APL. 5-tur
«Manchester Yunayted» — «Chelsi» 2:1
Gollar: Fernandesh (14), Kazemiro (37) — Chaloba (80).
Manchester Yunayted — Bayindir, De Ligt, Maguayr (Yoro, 70), Shou, Mazraui (Kunya, 65), Kazemiro, Fernandesh (Maynu, 87), Dorgu, Mbeumo (Maunt, 69), Diallo, Sheshko (Ugarte, 46).
Chelsi — Sanches, Jeyms, Fofana (Jorje, 64), Chaloba, Kukurelya (Gusto, 64), Fernandes, Kaysedo, Estevao (Yorgensen, 6), Palmer (Santos, 21), Neto (Adarabioyo, 7), Pedro.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tottenhem» «Brayton»ga qarshi bahsda kambek amalga oshirib, mag‘lubiyatdan qutulib qolgani haqida xabar berilgandi.