Yangiliklar

Dunyodagi yirik davlatlarda erkaklar va ayollar nisbati e’lon qilindi

Bu mamlakatlarning 9 tasida erkaklar, yana 9 tasida ayollar ko‘pchilikni tashkil qiladi
Foto: Depositphotos.com

Dunyodagi eng koʻp aholiga ega 20 davlatda erkaklar va ayollar soni oʻrtasidagi nisbat ochiqlandi.

Ma’lumotlarga koʻra, bu mamlakatlarning 9 tasida erkaklar, yana 9 tasida ayollar koʻpchilikni tashkil qiladi. Qolgan ikki davlatda esa nisbat teng.

Foto: Voronoiapp.com

Eng katta farq Hindistonda qayd etilgan — bu yerda aholining 55,8 foizi erkaklardan iborat. Mamlakatdan keyingi oʻrinda Misr turibdi, unda erkaklar ulushi 55,3 foizni tashkil etadi.

Ayollar soni ustun boʻlgan davlatlar ichida Rossiya yetakchilik qiladi. Bu mamlakatda aholining 63 foizi ayollardan iborat boʻlib, erkaklar ulushidan qariyb 13 foizga koʻp. Yaponiyada ham ayollar koʻpchilikni tashkil qiladi — umumiy aholining 55,5 foizi.

Indoneziya va Kongoda erkaklar va ayollar soni mutanosib — 50 foizdan.

Oʻzbekistonda aholi balansi

Oʻzbekiston Milliy statistika qoʻmitasi ma’lumotiga koʻra, 28-avgust kuni mamlakat doimiy aholisi 38 million kishiga yetdi. Shundan 19 136 800 nafari erkaklar, 18 863 200 nafari ayollar. Demak, erkaklar soni ayollardan 273,6 ming nafarga koʻp.

Aholining 19,4 millioni shahar, 18,6 millioni qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2100-yilga kelib O‘zbekiston aholisi ikki baravar ko‘pishi haqida xabar bergan edi.