MLS. «Inter Mayami» o‘z maydonida gʻalaba qozondi, Messidan ikki gol va bir assist

21-sentabr 2025 09:35 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

MLSning 31-turidan oʻrin olgan «Inter Mayami» va «Di Si Yunayed» oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda mezbonlar 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab hisob 35-daqiqada Tedeo Allenda tomonidan ochildi. 52-daqiqada esa Kristian Benteke muvozanatni tikladi.

Lionel Messi 66 va 85-daqiqalarda gol urib, jamoasini oldinda olib chiqqan boʻlsa, 90+7-daqiqada Yakob Murrel hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻldi.

Shu tariqa «Inter Mayami» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 52 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. Klubni chempionat peshqadami bilan 8 ochko ajratib turibdi.

MLS. 31-tur

«Inter Mayami» — «Di Si Yunayted» 3:2

Gollar: Allenda (35), Messi (66, 85) — Benteke (52), Murrell (90+7).

Inter Mayami — Ustari, Veygandt (Frey, 57), Lujan (Rodriges, 57), Falkon, Allen, de Paul, Buskets, Brayt (Segoviya, 69), Alba, Messi, Allende (Silvetti, 69).

Di Si Yunayted — Barraza, Antley, Bartlet, Rovles, Shnegg (Klark, 58), Pirani (Kijima, 89), Servaniya (Enov, 72), Hopkins (Zuhir, 72), Herrera, Benteke, Peglov (Murrell, 89).

Eslatib oʻtamiz, avvalroq oʻzbekistonlik yarimhimoyachi Umarali Rahmonaliyev toʻp suradigan «Sabah» klubi Ozarbayjon Premyer-ligasi doirasida boʻlib oʻtgan «Turon»ga qarshi bahsda gʻalaba qozongani xabar qilingandi.

Shuningdek