Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi 51,4 mlrd dollarga yetdi

eʼlon qilindi
Xitoy Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda
контейнеры
Foto: Unsplash

Oʻzbekistonning tashqi savdo hajmi 2025-yilning yanvar – avgust oylarida $51,4 milliardni tashkil etdi. Milliy statistika qoʻmitasi ma’lumotiga koʻra, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 19,8 foizga koʻp.

1-sentabr holatiga mamlakat $22,9 mlrdlik tovar eksport qilgan, import hajmi esa $28,4 mlrdni tashkil etgan. Eksport yillik hisobda 31,3 foiz, import esa 11,8 foizga oʻsdi.

Xitoy Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkori boʻlib qolmoqda — $9,7 mlrdlik koʻrsatkich bilan. Ikkinchi oʻrinda Rossiya ($8,3 mlrd), uchinchi oʻrinda esa Qozogʻiston ($3 mlrd) joylashgan. Shuningdek, beshlikdan Turkiya ($1,9 mlrd) va Janubiy Koreya ($1,1 mlrd) ham oʻrin oldi.

O‘zbekistonning 2025-yilda TOP – 10 tashqi savdo hamkorlari

O‘rinDavlatHajm (mlrd $)
1Xitoy9,7
2Rossiya Federatsiyasi8,3
3Qozog‘iston3,0
4Afg‘oniston1,0
5Fransiya1,0
6Hindiston0,9
7Germaniya0,9
8Turkiya1,9
9Janubiy Koreya1,1
10BAA0,8

Eksport tarkibida asosiy ulushni tovarlar (75,2%) tashkil etgan. Sanoat mahsulotlari 11,1 foiz, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlari esa 7,8 foizni tashkil etdi. Shu davrda oltin eksporti hajmi $8,4 mlrddan oshdi.

Importning asosiy qismini mashina va transport uskunalari (33,8%) hamda sanoat mollari (16,1%) egalladi.

Avvalroq Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi yetti oyda 20 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek