
Turkiya Superligasi 6-turidan oʻrin olgan bellashuvda Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev toʻp suradigan «Istanbul Bashakshehir» oʻz maydonida «Alanyaspor»ni qabul qildi va yakunda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
Dastlab hisob 29-daqiqada Shomurodov tomonidan ochildi. 51-daqiqada esa Uchenna Ogundu imkoniyatlarni tenglashtirdi.
Qayd etish lozim, Eldorning uchrashuvdagi ikkinchi goli ofsayd sabab bekor qilindi. Shuningdek, Abbosbek Fayzullayev 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Shu tariqa «Istanbul Bashakshehir» ushbu oʻyindan soʻng oʻz ochkolari hisobini 6 taga yetkazib, turnir jadvalida 10-o‘ringa ko’tarilib oldi. «Alanyaspor» esa 9 ochko bilan 7-oʻrinda bormoqda.
Turkiya Superligasi. 6-tur
«Istanbul Bashakshehir» — «Alanyaspor» 1:1
Gollar: Shomurodov (29) — Ogundu (51).
Bashakshehir — Muhammad, Ebosele (Bulut, 61), Ba, Opoku, Operi, Berat (Kalujinski, 85), Yusuf (Turuch, 74), Kemen (Harit, 62), Krespo, Brnich (Fayzullayev, 62), Shomurodov.
Alanyaspor — Tashkiran, Viana, Lima, Aliti, Keskin (Haderjonay, 65), Makuta (Janviye, 81), Maestro, Ruan (O‘zdemir, 73), Kayya, Haji (Muniye, 65), Ogunda (Meshak, 81).
Ogohlantirishlar: Berat (32), Opoku (42), Ebosele (45+2) — Haji (65), Aliti (84), Maestro (90+3).