
Italiya A Seriyasining 4-turidan oʻrin olgan bahsda «Inter» oʻz maydonida «Sassuolo»ni qabul qildi va 2:1 hisobda gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 14-daqiqada Federiko Dimarko tomonida ochildi. 81-daqiqada Tarik Muharemovich kutilmaganda oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi.
84-daqiqada esa Valid Cheddira mehmonlarning yagona javob to’piga mualliflik qildi.
Shu tariqa «Inter» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 6 taga yetkazib, 10-o’ringa koʻtarilib oldi. «Sassuolo» esa 3 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
A Seriya. 4-tur
«Inter» — «Sassuolo» 2:1
Gollar: Dimarko (14), Muharemovich (avt. 81) — Cheddira (84).
Inter — Martines, Akanji, Acherbi, Augusto, Dimarko, Suchich, Chalhano’g’li (Frattezi, 65), Barella, Dyumfris (Enrike, 65), Tyuram (Martines, 64), Espozito (Bonni, 77).
Sassuolo — Murich, Kulibali (Perini, 90), Idzes, Muharemovich, Doig, Kone (Thorstvedt, 58), Matich, Vrankiks (Volpato, 69), Berardi, Pinamonti (Cheddira, 78), Laurente (Fadera, 68).
Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Barselona» oʻz maydonida «Xetafe»ni yirik hisobda magʻlub etgani haqida xabar berilgandi.