Gadjetlar

Hamyonbop va bukiluvchi Huawei Nova Flip S taqdim etilishi kutilmoqda

Huawei Nova Flip S
Arzon va bukiluvchi Huawei Nova Flip S taqdim etilishi kutilmoqda / Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi tomonidan Hamyonbop va bukiluvchi Huawei Nova Flip S taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.

Yangi qurilma 12 GB tezkor xotira bilan birga 256 GB, 512 GB yoki 1 TB sig‘imli variantlarda taqdim etiladi. Smartfon HarmonyOS 5.0 operatsion tizimida ishlaydi va avvalgi Nova Flip’dagi Kirin 8 seriyasidan kuchliroq protsessor bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

Nova Flip S bozorda eng arzon bukiluvchi smartfonlardan biri bo‘ladi. Uning narxi taxminan 5000 yuan (700 dollar) atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Model bir nechta ranglarda sotuvga chiqariladi: pushti, oq, osmon moviy, qora va yashil. Bu esa uni keng auditoriya uchun mo‘ljallanganini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Huawei Mate 70 Pro haqida yozgan edi.