Axborot maydonida Markaziy Osiyodagi ta’sirimizni boy berdik — AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi

eʼlon qilindi
2019 – 2022-yillardagi AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Daniel Rosenblum
Foto: Henry Liu / yeladailynews.com

2019 – 2022-yillarda AQShning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib faoliyat yuritgan Daniel Rosenblum Markaziy Osiyoda Amerika axborot maydonidagi ta’sirini boy bergani va buning natijasida Rossiya hamda Xitoy uchun bo‘shliq yuzaga kelganini ma’lum qildi.

Rosenblum Rossiyaning desinformatsiya kampaniyalarini misol keltirdi. Bu kampaniyalar AQSh diplomatlarini barqarorlikni buzuvchi sifatida ko‘rsatishga qaratilgan. 2023-yilda Qozog‘istonda Rossiya OAVlari «Rosenblum NATO bazasini ochdi» deb xabar tarqatgan, aslida esa u AQSh moliyalashtirgan konferensiya markazini ochgan.

«Trampning ikkinchi prezidentlik muddatidan sakkiz oy o‘tgach, Markaziy Osiyoda axborot urushi tugadi. Bu ruslar yutgani uchun emas, biz shunchaki taslim bo‘ldik», dedi u.

Shuningdek, u Xitoyning «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi orqali mintaqada ta’sirini oshirayotganini ta’kidladi. Pekin investitsiya, infratuzilma va madaniy hamkorlik orqali do‘stlar orttirish va ta’sir ko‘rsatishda muvaffaqiyatga erishmoqda.

Rosenblum talaba va diplomatlarni desinformatsiyaga qarshi kurashish va AQShning Markaziy Osiyodagi strategik rolini mustahkamlash zaruriyatiga e’tibor qaratishga chaqirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShda «Oltin karta» dasturi ishga tushgani haqida yozgandi.

Shuningdek