Brabus 800 ot kuchiga ega XLP 800 Adventure pikapini taqdim etdi

22-sentabr 2025 10:13 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Brabus

Germaniyaning Brabus kompaniyasi Mercedes-AMG G 63 bazasida yaratilgan yangi XLP 800 Adventure pikapini namoyish qildi. Bu haqda Tarantas.news nashri xabar berdi.

Avtomobil narxi $1 milliondan yuqori, quvvati esa 800 ot kuchiga teng. Yangi model o‘zining ochiq yukxonasi, yangilangan bamperlari, kapoti va radiator panjarasi bilan ajralib turadi. Pikap 22 dyuymli g‘ildiraklar, 325/55 o‘lchamdagi off-road shinalari va yuqoriga o‘rnatilgan qo‘shimcha faralar bilan jihozlangan.

Salondagi charm va karbon qoplamalar interyerni avtomobilni yanada qimmatbaho qiladi. Kapoti ostida takomillashtirilgan 4,0 litrli, ikkita turbinali V8 dvigateli joylashtirilgan bo‘lib, u 1000 Nm moment ishlab chiqaradi.

Pikap 0 dan 100 km/soat tezlikka 4,5 soniyadan sal ko‘proq vaqtda chiqadi. Maksimal tezlik esa 210 km/soat bilan cheklangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan SAIC Roewe M7 DMH avtomobili namoyish etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek