
Germaniya Bundesligasining 4-turidan oʻrin olgan bahsda Dortmundning «Borussiya» klubi oʻz maydonida «Volfsburg»ni qabul qildi va yakunda 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 20-daqiqada Karim Adeyemi tomonidan ochildi. Ushbu gol o‘yin yakunigacha yagonaligini saqlab qoldi.
Shu tariqa «Borussiya Dortmund» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 10 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi. «Volfsburg» esa 5 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
Bundesliga. 4-tur
«Borussiya D» – «Volfsburg» 1:0
Gol: Adeyemi (20).
Borussiya — Kobel, Anton, Shlotterbek, Bensebayni, Ryerson, Zabitser (O’zjan, 90), Nmecha (Bellingem, 77), Svensson, Adeyemi (Brandt, 77), Beyer (Chukvuemeka, 65), Girasi.
Volfsburg — Grabara, Fisher, Jenz, Kulirakis, Mehle (Peychinovich, 81), Arnold, Vinisius (Eriksen, 60), Olsen (Daghim, 46), Majer (Svanberg, 60), Vimmer (Vind, 73), Amoura.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Inter» A Seriyaning 4-turida «Sassuolo»ni magʻlub etgani haqida xabar berilgandi.