
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «15 yoshli qizni kim turmushga berdi?» sarlavhasi ostidagi xabarlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, bu holat Denov tumanidagi Ozod mahallasida yashovchi qiz bilan bog‘liq ekani aniqlangan. 2025-yil iyul oyida mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimlar tomonidan qizning turmushga berilishi qonun hujjatlariga zid ekani ta’kidlangan va oilaga ogohlantirish berilgan.
Shunga qaramay, 10-avgust kuni nikoh marosimi o‘tkazilgan. Holat bo‘yicha mahalliy profilaktika inspektori qonunchilikka muvofiq ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llab, aybdorlarga jarima belgilagan.
Hozirda ushbu qiz Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida ta’lim olmoqda, uning huquqlari va ta’lim jarayoni mutasaddilar tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi haqida yozgandi.