Farg‘onada zilzila sodir bo‘ldi
eʼlon qilindi
Sezilish kuchi 2 ball

22-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:04:58 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, zilzila episentri Toshkentdan 265 km janubiy-sharqda bo‘lib, sezilish kuchi 2 ballni tashkil etdi.
Zilzilaning magnitudasi 3,3 ni tashkil etgan bo‘lsa, chuqurligi 10 km edi. Episentri Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati bo‘ldi.
Zilzila quyidagi ikkita viloyatda sezildi:
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 31 km;
- Quvasoy shahrida 2 ball, 23 km;
Episentrning aniq koordinatalari: 40,09 N, 71,95 E. Zilzila oqibatida jiddiy shikastlanishlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida yozgandi.