Sport

La Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Xetafe»ni yirik hisobda magʻlub etdi

Foto: Getty Images

Ispaniya La Ligasi 5-turidan oʻrin olgan bahsda «Barselona» oʻz maydonida «Xetafe»ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 15-daqiqada Ferran Torres tomonidan ochildi. 34-daqiqada uning oʻzi dublni rasmiylashtirdi.

Ikkinchi boʻlim oʻrtalarida Dani Olmo Markus Reshfordning qulay uzatmasidan soʻng hisobni yirik koʻrinishga olib keldi.

Shu tariqa «Barselona» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 13 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida «Real»ni ta’qib etishda davom etmoqda. «Xetafe» esa 9 ochko bilan 8-o‘rinni band etgan.

La Liga. 5-tur

«Barselona» — «Xetafe» 3:0

Gollar: Ferran (15, 34), Olmo (62).

Barselona — Garsiya, Kunde, Erik, Kristensen, Martin (Arauxo, 83), Pedri (Barji, 76), De Yong (Kasado, 60), Olmo, Rafinya (Rafinya, 46), Levandovski, Torres (Fermin, 60).

Xetafe — Soria, Femenia, Abqar, Duarte, Jene (Davinchi, 46), Riko, Martin (Munoz, 46), Milla, Arambarri (Da Koshta, 70), Liso (Sankris, 80), Mayoral (Kamara, 46).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Siti» «Arsenal»ga qarshi o‘yinda tayyor g‘alabani qo‘ldan chuqargani haqida xabar berilgandi.