
Markaziy Osiyo badminton chempionati Toshkentda yakunlandi — fotoreportaj / Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo badminton chempionati 22-sentabr kuni final o‘yinlari bilan yakunlandi. U15, U17 va U23 yosh toifalarida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Eron va boshqa mamlakat vakillari g‘oliblik uchun maydonga tushdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.




Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
Final bahslari keskin va qiziqarli o‘tdi. Unda asosan Eron sportchilari ustunlik qilgan bo‘lsa-da, o‘zbekistonlik badmintonchilar ham bir qator yo‘nalishlarda yuqori o‘rinlarni egallashdi.
U15 toifasida eronlik Amirmohammad Mardaneh va Mobina Salari Kor yakkalik bahslarida chempion bo‘ldi. O‘zbekiston vakillari Sofiya Zakirova va Og‘iloy O‘ktamboyeva kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Juftliklarda esa Tursunboyev–Zakirova tandemi aralash bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritdi.





U17 toifasida Eron badmintonchilari Amirali Ahmadloo va Aysan Zarei yakkalikda chempionlikni qo‘lga oldi. O‘zbekistonlik Husniddin Muxtorov va E’zoza Yaxshilikova aralash juftlik bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritib, mezbonlar uchun asosiy g‘alabalardan birini taqdim etdi.






Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
U23 toifasida ham eronlik sportchilar — Amirhossein Hasani va Mobina Nedaei yakkalik bahslarida g‘olib chiqishdi. O‘zbekistonlik Barno Sidiqova, Asadbek Shomatov va boshqa badmintonchilar bronza medallarini oldi.





Juftlik bahslarida Eron va Qozog‘iston vakillari ko‘plab oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Biroq o‘zbekistonlik sportchilar Bekzod Rahmatullayev, Barno Sidiqova, Donogul Qosimova va boshqa badmintonchilar ham sovrindorlar safidan joy olishdi.








Toshkent mezbonlik qilgan chempionatda Eron badmintonchilari ko‘plab yo‘nalishlarda chempionlikni qo‘lga kiritib, umumiy hisobda yetakchilik qildi. O‘zbekistonlik badmintonchilar esa aralash juftlik va ayrim boshqa kategoriyalarda zafar quchib, xalqaro maydonda o‘z salohiyatini ko‘rsatdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda badminton boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati start olgani haqida xabar bergan edi.