O‘zbekiston va BAA “Wonders of Uzbekistan” loyihasini boshlaydi

eʼlon qilindi
Loyiha 2025-yil 1-oktabr – 2026-yil 31-mart kunlarida amalga oshiriladi
O‘zbekiston va BAA «Wonders of Uzbekistan» loyihasini boshlaydi / Foto: Ralph Deal

O‘zbekiston elchixonasi va Birlashgan Arab Amirliklarining «Holiday factory» sayyohlik kompaniyasi o‘rtasida «Wonders of Uzbekistan» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Mazkur loyiha 2025-yil 1-oktabr – 2026-yil 31-mart davomida amalga oshiriladi. Unda asosan O‘zbekistonning qish mavsumidagi turizm salohiyatini targ‘ib qilish va turizm infratuzilmasi nisbatan bo‘sh bo‘lgan davrda sayyohlarni jalb etish ko‘zda tutilgan.

«Holiday factory» kompaniyasi targ‘ibot doirasida BAAdan kafolatli ikki ming nafar sayyohni O‘zbekistonga safarini tashkil etishni zimmasiga oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chortoq tumanini vodiyning turizm xabiga aylantirish uchun 50 million dollar ajratilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek