O‘zbekiston va Tojikiston energetika bo‘yicha hamkorlik qiladi

eʼlon qilindi
Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va yangi energiya manbalaridan foydalanish sohasida
O‘zbekiston va Tojikiston energetika sohasida hamkorlik qiladi / Foto: Energetika vazirligi

18-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Muzokaralarda ikki tomonlama energetika hamkorligi, elektr energiyasi almashinuvi va mavjud quvurlarni modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, 2025 – 2026-yillar kuz-qish mavsumida energetika tizimlari faoliyatini muvofiqlashtirish, qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish va mintaqada barqaror ta’minotni ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida qardoshlik va strategik munosabatlarni mustahkamlash haqida fikr almashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Germaniya iqlim, energetika va investitsiya sohalarida hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek