O‘zbekistonda xorijiy avtomobillarni ekologik sertifikatlash bekor qilindi

eʼlon qilindi
M (yo‘lovchi tashuvchi) va N (yuk tashuvchi) toifadagi import avtomobillar
Avtotransport savdosida trade-in va trade-up qonuniylashdi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonda yangi xorijiy avtomobillarni ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilindi. Endilikda M (yo‘lovchi tashuvchi) va N (yuk tashuvchi) toifadagi import avtomobillar ekologik sertifikat olish majburiyatidan ozod qilinadi.

Buning o‘rniga, barcha yangi avtomobillar Yevro-4 va undan yuqori ekologik standartlarga muvofiq bo‘lishi sharti bilan umumiy texnik reglament talablariga asosan xavfsizlik nuqtai nazaridan baholanadi. Bu talab elektromobillar uchun tatbiq etilmaydi, ammo gibrid avtomobillar uchun saqlanadi.

Avtomobil importchisi «O‘zstandart»ga quyidagi hujjatlardan kamida bittasini taqdim etishi kerak:

  • Ishlab chiqaruvchi yoki dilerning transport vositasi Yevro-4 va undan yuqori talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi rasmiy xati;
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakatning Yevro-4’dan past avtomobillarni ishlab chiqarishni taqiqlovchi qonun hujjatlari;
  • Yevro-4’dan past bo‘lmagan standartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi boshqa texnik hujjatlar.

Muvofiqlikni laboratoriya sinovi orqali tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, sertifikatlashtirish organlari hujjatlar asosida avtomobilni rasmiylashtiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan avtomobillarga eko-stiker berish muddati 2035-yil yakuniga qadar uzaytirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek