Pedagoglarga uy-joy uchun 25 foiz imtiyoz, iOS26 imkoniyatlari, Amerikaga tashrif buyurgan Mirziyoyev — haftaning muhim yangiliklari

Kursiv Uzbekistan hafta davomida xorijda va O‘zbekistonda yuz bergan muhim voqealarni bir joyga jamladi.
Xorijiy til sertifikatlari endi maktab imtihonlarida ham tan olinadi
Endilikda xalqaro sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham rasmiy tan olinishi belgilandi. Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda xalqaro sertifikatga ega yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish masalasi ko‘tarildi.
2026-yildan ayrim pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi
Yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Apple iOS 26 foydalanuvchilarga taqdim etildi: yangi dizayn va imkoniyatlar
Kompaniya operatsion tizim nomlanishini avtomobil modellari kabi yilga moslashtirish tizimiga o‘tkazdi
Namanganda 140 mln dollarlik yangi aeroport terminali keyingi yil ishga tushiriladi
Namangan aeroportida $140 mlnlik investitsiya hisobiga yangi yo‘lovchi terminali barpo etilmoqda. Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurib, hudud rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishdi.
Green Card lotereyasida ishtirok pullik bo‘ladi
AQSh Davlat departamenti 2025-yil 16-oktabrdan boshlab Diversity Visa (Green Card) lotereyasida qatnashuvchi barcha ishtirokchilardan $1 miqdorida elektron ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi olinishi haqida e’lon qildi.
Ko‘p qavatli uy aholisi uchun tunda pulli avtoturargohlar bepul bo‘ladi
Ko‘p qavatli uylar yonidagi pulli avtoturargohlarda rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi. Bu haqda Poytaxt Parking ma’lum qildi.
Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti barpo etildi.
Yevropa Ittifoqi yangi sanksiyalar paketida rossiyaliklarga viza cheklovini kiritmoqchi
Yevrokomissiya (YI) 19-sentabr kuni Rossiyaga qarshi navbatdagi 19-sanksiyalar paketini taqdim etadi. Unda banklar, energetika sohasi va «soya floti»ga nisbatan choralar nazarda tutilmoqda.
Rossiya migrantlar uchun patent tizimini bekor qilishi mumkin
Prezident Vladimir Putin Rossiyadagi mehnat muhojirlari uchun patent tizimini bekor qilish haqida o‘ylash kerakligini aytdi. Bu haqda «RBK» nashri xabar berdi.
O‘zbekistonlik hakamlar «JCh – 2026» saralash o‘yinini boshqaradi
Joriy yilning oktabr oyida Osiyo qit’asida 2026-yilgi Jahon chempionati 4-saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqich doirasidagi so‘nggi tur uchrashuvini o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda O‘zFHM matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi — foto
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 20-sentabr kuni Nyu-York shahriga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.