
22-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tomonlar XVJ bilan hamkorlikni kengaytirish, makroiqtisodiy siyosat, budjet va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Kristalina Georgiyeva Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, ularni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Uchrashuvda mamlakat moliya sohasining barqarorligi, «yo‘l xaritasi»ni amalga oshirish hamda XVJ markazlarida o‘zbekistonlik mutaxassislarning malaka oshirishi ijobiy baholandi.
Kelgusida pul-kredit va fiskal siyosatni rivojlantirish, statistika tizimini transformatsiya qilish hamda iqtisodiy idoralar xodimlari uchun o‘quv dasturlarini kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro valyuta jamgʻarmasi mamlakatimiz bank sektorining Bazel tamoyillariga mosligini baholagan edi.