Gadjetlar

Samsung One UI 9 ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

Samsung
Samsung One UI 9 ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi / Foto: Samsung

Samsung One UI 9.0 isterfeysi ustida ishlayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu SamMobile nashri tomonidan aniqlangan bo‘lib, ular One UI 8.5 versiyasining sizib chiqqan dasturiy ta’minotini tahlil qilgach, yangi yangilanish haqida ma’lumot topgan.

Hozircha One UI 9 haqida batafsil tafsilotlar ochiqlanmagan. Taxminlarga ko‘ra, yangilanish Android 17 operatsion tizimi asosida ishlab chiqiladi. Mutaxassislar uni taxminan bir yil ichida taqdim etishlarini kutmoqda, ammo Samsung so‘nggi vaqtlarda yangilanishlarni tezlashtirayotgani sababli, One UI 9.0 kutilganidan erta ham paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, One UI 8.0 15-sentabr kuni chiqarilgan edi.

Yangi interfeysi birinchi bo‘lib Samsung kompaniyasining Galaxy Z Fold 8 va Galaxy Z Flip 8 smartfonlarida paydo bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, kompaniya ilk bor ikki bo‘g‘imli bukiluvchi smartfon ustida ishlayotgani haqida ham mish-mishlar bor va ushbu model ham One UI 9.0 bilan taqdim etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung o‘zining yangi One UI 8.0 interfeysining final versiyasini Galaxy S24 liniyasi uchun taqdim etgani haqida yozgan edi.