Toshkent havosining ifloslanish darajasi dunyo bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi

eʼlon qilindi
Poytaxt havosi dunyoning 130 ga yaqin yirik shaharlaridan eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi
Погода в Ташкенте
Foto: Sultonbek Ikromov / Unsplash

Bugun, 22-sentabr kuni Toshkent havosida mayda PM-2.5 zarrachalari miqdori keskin oshib ketdi. IQAir xalqaro platformasiga koʻra, poytaxt havosi dunyoning 130 ga yaqin yirik shaharlaridan eng yomon koʻrsatkichni qayd etdi.

Foto: IQAir

Oʻzgidrometning 15:00 dagi monitoring ma’lumotlariga koʻra, Toshkent gʻarbida — Uchtepa hokimligi binosi yonida oʻrnatilgan datchik havo sifatini oʻlchashda milliy standartdan 4-5 baravar yuqori ifloslanish qayd etdi. Bu koʻrsatkich Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiya qilgan yiliga ruxsat etilgan me’yordan qariyb 30 baravar yuqori.

Soat 16:00 dagi kuzatuvlar shuni koʻrsatdiki, poytaxtning gʻarbiy hududida eng yuqori ifloslanish saqlanmoqda. Sharqiy qismda — «Yangi Oʻzbekiston» bogʻidagi datchik 68 mkg/m³ ni qayd etdi, bu gʻarbdagi koʻrsatkichdan uch baravar past.

Milliy me’yor yiliga 35 mkg/m³ ni tashkil etsa, JSST talabi boʻyicha bu koʻrsatkich 5 mkg/m³ dan oshmasligi kerak. Ammo hozirgi vaziyatda Toshkent havosidagi zarrachalar mazkur cheklovlardan bir necha baravar yuqori boʻlib turibdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘onada zilzila sodir bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek