Yangiliklar

1-kurs talabalariga kontrakt toʻlash muddati 30-oktabrgacha uzaytirildi

Kamida 25 foizini 30-oktabrgacha toʻlashi mumkin
Ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa belgilanadi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

2025/2026-oʻquv yilida respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan birinchi bosqich talabalari belgilangan toʻlovning kamida 25 foizini 30-oktabrgacha toʻlashi mumkin. Bu haqda Davlat komissiyasi qarori qabul qilindi.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat orqali qabul qilingan abituriyentlar uchun kontrakt miqdori ikki baravar qilib belgilandi. Bu miqdor bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha tasdiqlangan bazaviy toʻlov-kontrakt qiymatlaridan kelib chiqadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilangani haqida yozgandi.