
Redmi kompaniyasi tomonidan yangi Redmi A5 Airtel Exclusive Edition smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Hindistonda rasman namoyish etilgan Redmi A5 Airtel Exclusive Edition o‘tgan yilgi Redmi A4 Airtel Edition’ning davomchisi hisoblanadi. Bu safar yangilik asosan telefondan foydalanish shartlariga bog‘liq.
Smartfonning o‘zi $67 narxda sotuvga chiqarilgan. U 3 GB tezkor xotira va 64 GB ichki xotiraga ega yagona variantda taklif qilinadi. Xaridorlar uni uch xil rangda tanlashlari mumkin. Sotuvlar Flipkart onlayn platformasi orqali amalga oshiriladi.
Texnik xususiyatlarga to‘xtalsak, Airtel’ga xos maxsus versiya odatiy Redmi A5’dan farq qilmaydi. Qurilma 6,88 dyuymli ekran, 1650×720 pikselli ruxsat, 120 Hz adaptiv yangilanish tezligi va 240 Hz sensorli javob tezligi bilan jihozlangan. Displey TUV sertifikatlariga ega bo‘lib, ko‘k nurni kamaytirish, miltillashdan xoli ishlash va ko‘zga qulay yorug‘likni ta’minlaydi. Unisoc T7250 protsessori esa 1,8 Hz chastotagacha ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Redmi 15C 5G smartfoni 180 yevro narxda savdoga chiqqani haqida yozgan edi.