Banklar va moliya

Fond bozori: «O‘zbekgeofizika» aksiyalari eng yuqori pasayishdan so‘ng qimmatlashdi

13,01 foizga
O‘tgan hafta aksiyalarning ko‘pi arzonlashdi. Foto: Depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 12-sentabrdan 19-sentabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 1,13 foizga o‘sdi.

Mazkur davrda «O‘zbekgeofizika» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 13,01 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, faqat «O‘zbektelekom» (+3,28%) va «O‘zmetkombinat» (+0,50%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Biroq «Hamkorbank» aksiyalari 15,63 foizga arzonlashib (imtiyozli), haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Ipak yo‘li» aksiyalari (-7,35%) va «Chilonzor buyum savdo kompleksi» aksiyalari (-5,91%) ham pasayish bilan ajralib turdi.

Faqatgina «Aloqabank» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «Kapital sug‘urta» (922 ta), «O‘zRTXB» (493 ta) va «Qashqadaryo texnologik transport» (471 ta bitim) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «O‘zRTXB» (378,24 mln so‘m) yetakchilik qildi. «Hamkorbank» (134,88 mln so‘m) va «O‘zbektelekom» aksiyalari (66,13 mln so‘m) yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan uchtasi haftani ijobiy, bittasi o‘zgarishsiz, qolgan 19 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 4,42 mlrd so‘m bo‘ldi.

Bundan oldin «Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 5-sentabrdan 12-sentabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,03 foizga oshgandi. Mazkur davrda «O‘zbektelekom» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 7,82 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» (+5,91%) va «Olmaliq KMK» (+5,71%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.