Fransiya Falastin davlatini rasman tan oldi

eʼlon qilindi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi
Makron
Foto: DPN

BMT shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan anjumanda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijning Falastin davlatini tan olishini e’lon qildi. Bu haqda Le Monde nashri xabar berdi.

«Men bugun Fransiyaning Falastin davlatini tan olishini rasman e’lon qilaman», dedi Makron.

Fransiya rahbari G‘azo sektoridagi urushni davom ettirishning hech qanday asosga ega emasligini ta’kidlab, urushni to‘xtatish vaqti kelganini aytdi.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, Parijning ushbu qarori Isroil va Falastin o‘rtasida muzokaralarga yo‘l ochadi.

«Tinchlik uchun imkoniyat mavjud. Barchamiz tinchlik mexanizmini ishga tushirish ustida ishlashimiz zarur», deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, Fransiya prezidenti mamlakatning xalqaro missiyada qatnashishga va Yevropa Ittifoqi hamkorlari bilan birgalikda Falastin xavfsizlik kuchlarini tayyorlash hamda jihozlash dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Portugaliya Falastinni rasman tan olgani haqida yozgandi.

Shuningdek