
Toshkentda ICT Week Uzbekistan 2025 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi o‘z ishini boshladi. Ushbu har yili o‘tkaziladigan tadbir an’anaviy tarzda yetakchi global va mintaqaviy IT kompaniyalarni birlashtirib, raqamli transformatsiya jarayonidagi eng muhim trendlarni muhokama qilish va tajriba almashish uchun o‘ziga xos platformaga aylanadi.
ICT Week doirasida Qatar, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Qozog‘iston, Latviya va boshqa mamlakatlardan kelgan vakillar o‘zlarining loyiha va startaplarini taqdim etdi. Forum O‘zbekiston Respublikasining Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT ta’lim uyushmasi ko‘magida o‘tkazildi.
ICT Week haftaligining asosiy maqsadi hamkorlikning yangi formatlarini, yangi loyihalarni va texnologik yechimlarni izlash uchun mutaxassislar, kompaniyalar va davlat muassasalarini birlashtirish orqali IT ekosistemasining rivojlanishiga hissa qo‘shish hisoblanadi.

Forumda Huawei, ZTE va Yandex kabi yirik kompaniyalar hamda ichki bozordagi yetakchi hisoblangan UZUM, Mobiuz, Uzinfocom, Aloqabank va boshqa kompaniyalar ishtirok etdi. Shuningdek, forumda qozog‘istonlik Astana Hub va texnologiya va xavfsizlik borasida shaharlar uchun raqamli yechimlarni taklif qilib faoliyat yuritayotgan Sergek Group kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
«Biz Oʻzbekistonni ruhi va qadriyatlari boʻyicha oʻzimizga yaqin bo‘lgan, texnologik tashabbuslar davlatning kuchli qoʻlloviga ega bo‘lgan va jamiyati tomonidan olqishlanadigan mamlakat sifatida koʻramiz. Bizning yechimlarimiz Qozogʻistonda koʻp yillardan buyon muvaffaqiyatli tatbiq qilinmoqda va biz ularni Filippin, Indoneziya, Ozarbayjon, Moʻgʻuliston kabi mamlakatlarda amalga oshirish tajribasiga egamiz. Bugun biz O‘zbekiston bozori uchun o‘ziga xos hamkorlik tajribasiga ega bo‘lish maqsadida mintaqada hamkorlikning yangi imkoniyatlarini oʻrganmoqdamiz», dedi Sergek Group kompaniyasining global bozorlar bo‘yicha direktori Alyona Tkachenko.
Qozog‘istonlik mutaxassislar shahar ma’lumotlarini va raqamli xizmatlarini boshqarishga mo‘ljallangan Sergek AI Smart City Platform hamda biznesga mo‘ljallangan va sun’iy intellektga asoslangan video tahlil xizmatini ko‘rsatadigan Sergek VMS platformalari kabi yechimlarini taqdim etdi.
Shahar atrof-muhitini boshqarishga mo‘ljallangan Sergek AI Smart City platformasi monitoring va tahlil qilish uchun xizmatlar va ma’lumotlarni birlashtiradigan aqlli shahar tizimi bo‘lib, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligi, transportni rejalashtirish, atrof-muhit monitoringi va prognozlash kabi modullardan iborat.
Sun’iy intellekt va kompyuter yordamida ko‘rish texnologiyasidan foydalanadigan ushbu platforma hodisalarni nafaqat shahar muhitidagi voqealarni qayd etadi va tahlil qiladi, balki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarning oldini olishga yordam beradi. Bu esa uni raqamli transformatsiyaga intilayotgan shahar ma’muriyatlari uchun samarali vositaga aylantiradi.
Sergek VMS – biznes xavfsizligi va samaradorligi uchun sun’iy intellektga asoslangan video tahlil platformasi hisoblanadi. Qozog‘istonda Sergek VMS maktablar, bolalar bog‘chalari, kasalxonalar, banklar va sanoat obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘llanib kelinmoqda. Sergek VMS mavjud tizimlar bilan oson va tez integratsiyalashish imkoniyatiga ega.
Eslatib oʻtamiz, ICT Week Uzbekistan haftaligi nafaqat texnologiyalarni taqdim etish imkoniyatini beradi, balki raqamli mintaqa kelajagi haqidagi muhim muloqot uchun platforma hisoblanadi. Aynan shu yerda hamkorlik, sarmoya va qo‘shma tashabbuslar uchun yangi g‘oyalar tug‘ilib, Markaziy Osiyoning global texnologiya xaritasidagi o‘rni mustahkamlanadi.