
22-sentabr kuni Fransiyaning Parij shahrida nufuzli «Oltin to‘p» topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, mukofot France Football jurnali tomonidan taqdim etildi. Bu safar ham sovrinlar yil taqvimiga emas, balki futbol mavsumiga qarab (2024-yil 1-avgustdan 2025-yil 13-iyuligach) berildi.
Asosiy sovrin — «Oltin to‘p»ni «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida esa ushbu mukofot ketma-ket uchinchi bor «Barselona» a’zosi Aytana Bonmatiga nasib etdi. Lamin Yamal esa eng yaxshi yosh futbolchi deb topildi.









Foto: Ballon d’Or
Shuningdek, «Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma «Lev Yashin», Viktor Gyokeresh «Gerd Myuller» sovrinini qo‘lga kiritdi. «PSJ» o‘tgan yilning eng yaxshi klubi deb topilgan bo‘lsa, parijliklar murabbiyi Luis Enrike eng yaxshi murabbiy nomiga sazovor bo‘ldi.







Foto: Ballon d’Or
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning «Real» klubi Brand Finance e’lon qilgan reytingga ko‘ra dunyoning eng qimmat futbol brendi sifatida qayd etilgani xabar qilingandi.