NASA Oy va Mars missiyalari uchun yangi kosmonavtlarni tanlab oldi

eʼlon qilindi
Kosmonavtlar ikki yil davomida maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi
NASA Oy va Mars missiyalari uchun yangi kosmonavtlarni tanlab oldi / Foto: NASA

NASA sakkiz mingdan ortiq arizachilar orasidan 10 kishini yangi kosmonavtlar guruhi sifatida tanlab oldi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Bu safargi tanlovda ilk marta ayollar soni erkaklardan ko‘pligi bilan ajralib turadi. Yangi kosmonavtlar tarkibiga muhandislar, geologlar, harbiy uchuvchilar, shifokorlar va SpaceX sobiq xodimlari kirdi. Ularning eng mashhuri Anna Menon, u ilgari xususiy kompaniya missiyasida kosmosga uchib, tarixda birinchi marta NASA kosmonavtlar korpusiga amaliy uchuvchilik tajribasi bilan qo‘shildi.

Kosmonavtlar ikki yil davomida maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi. Bu davrda ular NASA tarixi, geologiya, suvda omon qolish, kosmik tibbiyot va yuqori tezlikdagi samolyotlarda uchish kabi fanlarni o‘rganadi.

Tayyorgarlikdan so‘ng yangi guruh xalqaro kosmik stansiyaga parvozlar uchun jalb qilinadi. NASA vakillari ularning Oy va Mars missiyalarida ham ishtirok etishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA Marsda qadimiy hayot izlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan topilma aniqlagan edi.

Shuningdek