Navoiyda soxta hujjatlar bilan yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Korrupsiya
Navoiyda soxta hujjatlar bilan yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi / Foto: Total

Navoiy viloyatining Karmana tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar soxta hujjatlar tayyorlab, yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, ular «Navro‘z» MFY hududida joylashgan yer maydoni bo‘yicha internetda e’lonlar berib, yer o‘zlariga tegishli ekanini ko‘rsatadigan hujjatlarni qalbakilashtirgan.

Keyinchalik fuqarolardan biri boshqa fuqaroning ishonchiga kirib, uning nomiga 6,5 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Shu maqsadda fuqaro 325 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yer sohasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek