Yangiliklar

NVIDIA OpenAI’ni rivojlantirish uchun $100 mlrdgacha mablag‘ ajratadi

Kompaniyalar eng kuchli sun’iy intellekt infratuzilmasini yaratmoqchi
Foto: Unsplash

OpenAI va NVIDIA o‘rtasida sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Ma’lum qilinishicha, hamkorlik doirasida chip ishlab chiqaruvchisi kompaniya OpenAI’ga $100 milliardgacha sarmoya qilishni rejalashtirmoqda. Yangi quvvatlar ishga tushirilishi bilan moliyalashtirish qismlarga bo‘lingan holda amalga oshiriladi.

Tomonlar umumiy quvvati 10 GVt dan ortiq bo‘lgan ma’lumot markazlari tarmog‘ini qurishni rejalashtirmoqda. Ularning asosini kelajakdagi sun’iy intellekt mahsulotlari uchun infratuzilma ishlashini ta’minlaydigan millionlab NVIDIA grafik protsessorlari tashkil etadi.

Bir gVt quvvatga ega birinchi majmua 2026-yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilishi kerak. Uni ishga tushirish uchun Vera Rubin deb nomlangan eng yangi NVIDIA platformasi qo‘llaniladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oracle OpenAI uchun $40 milliardlik ma’lumotlar markazini qurishi haqida xabar bergan edi.