O‘zbekiston BlackRock kompaniyasi bilan qo‘shma fond tuzishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra
BlackRock
O‘zbekiston BlackRock kompaniyasi bilan qo‘shma fond tuzishni rejalashtirmoqda. Foto: Getty Images

O‘zbekiston AQShning yirik investitsiya kompaniyasi bo‘lgan BlackRock bilan qo‘shma fond tashkil etishni rejalashtirmoqda. Ushbu masala O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BlackRock direktorlar kengashi a’zosi Adebayo Ogunlesi bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda tomonlar fondni yaratish konsepsiyasi hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejasini kelishib oladi.

BlackRock — dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalaridan biri bo‘lib, 1988-yilda AQShda tashkil etilgan. Financial Times 2025-yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra, kompaniya aktivlari $12,5 trillionni tashkil etganini xabar qildi. Kompaniyaning bosh ofisi Nyu-York shahrida joylashgan.

Hozirda BlackRock 30 davlatdagi 70 dan ortiq ofis orqali faoliyat yuritadi. Uning mijozlari orasida yirik institutsional investorlar, hukumatlar, pensiya jamg‘armalari va xususiy investorlar bor.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev AQShning Nyu-York shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori va bir qator moliyaviy tashkilot rahbarlarini qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek