Sport

«Qayrat» — «Real» o‘yini uchun chiptalar narxi e’lon qilindi

Foto: CANAL+

30-sentabr kuni UEFA Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan bahsda Qozog‘istonning «Qayrat» klubi o‘z maydonida Madridning «Real» jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Olmaotada joylashgan «Markaziy» stadionda bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bellashuv uchun chiptalarning rasmiy narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, narxlar 30 ming tengedan (676 ming so‘m) boshlanib, 250 ming tengegacha (5,6 mln so‘m) yetadi. Shuningdek, 75 ming tenge (1,7 mln so‘m)  va 150 ming tengega (3,4 mln so‘m) ham chiptalarni xarid qilish mumkin.

Foto: fckairat.com

Ma’lumot uchun, «Real» Chempionlar ligasining dastlabki turida «Marsel» bilan bahs yuritib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. «Qayrat» esa «Sporting»ga 4:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Tomonlar o‘rtasidagi ilk o‘zaro o‘yin 30-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning «Real» klubi Brand Finance e’lon qilgan reytingga ko‘ra dunyoning eng qimmat futbol brendi sifatida qayd etilgani xabar qilingandi.