Raqamli markirovka: yaqinlarimizga g‘amxo‘rlik qilishning foydali odati

Har kuni biz o‘nlab tanlovlarni qilamiz, masalan, bolaga qaysi suvni berishni, ota-onamizga qanday dori-darmon olishni, uyimizga qanday texnika sotib olish va hokazo. Bu oddiy qarorlarda yaqinlarimizga bo‘lgan barcha g‘amxo‘rligimiz mujassam.
Biroq zamonaviy dunyoda faqat brend yoki narxga e’tibor berish yetarli emas. Haqiqiy g‘amxo‘rlik — bu asl, xavfsiz va sifatli mahsulotni sotib olayotganimizga ishonch hosil qilishdir. Aynan shu maqsadda raqamli markirovka joriy etilgan.
Raqamli markirovka — ishonch kafolati

Har bir qadoqda unikal DataMatrix-kodi qo‘llaniladi. Bu kod ortida mahsulotning zavoddan to savdo rastalarigacha bo’lgan butun yo‘li yashiringan. O‘zbekistonda raqamli markirovka tizimi ko‘pincha soxtalashtiriladigan mahsulotlarni qamrab oladi:
- tamaki va alkogol;
- pivo;
- suv va salqin ichimliklar;
- dori vositalari va tibbiy buyumlar;
- maishiy texnika.
Bir marta skanerlab, siz hamma narsani bilasiz: mahsulotni kim va qachon ishlab chiqargan, qonuniymi, muddati o‘tmaganmi, ilgari sotuvda bo‘lganmi va boshqalar.
Nima uchun bu muhim

Qalbaki mahsulotlar ko‘zga ko‘rinmaydi. Ishlab chiqarilishi tasdiqlanmagan dori-darmonlar, tarkibi noma’lum ichimliklar va rasmiy kafolatsiz jihozlar muomalaga chiqishi mumkin. Har bir bunday xarid sog‘liq, xavfsizlik va budjet uchun xavf tug‘diradi.
Raqamli markirovka xavflardan xalos bo‘lishga yordam beradi:
- bolalar faqat asl sharbatlar va tekshirilgan suvni ichadilar,
- ota-onalar asl dori-darmonlarni oladilar,
- texnika ishlaydi va qonunga muvofiq xizmat ko‘rsatiladi.
Asl Belgisi — qo‘lingizdagi raqamli yordamchi
Mahsulotni tekshirish uchun smartfon va bepul Asl Belgisi ilovasi yetarli (Google Play и App Store). Kodni skanerlaysiz va ekranda darhol ma’lumotlar paydo bo‘ladi: aslligi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, shahringizdagi dorixonalardagi dori narxlari.
Tasavvur qiling: chaqaloq uchun suv tanlayapsiz. Kameradagi bir tugmani bosish bilan suvni xotirjam stakanga quyishingiz mumkin. Yoki konditsioner sotib olayotganda — kodni skanerlab, texnika qonuniyligini, kafolat amal qilishini va servis borligini bilib olasiz.
Faktlar bilan mustahkamlangan g‘amxo‘rlik
Yildan-yilga majburiy raqamli markirovkalanishi kerak bo‘lgan tovarlar ro‘yxati kengaymoqda. 2025-yil mart oyida BFQlar, may oyida esa agrokimyo tajriba loyihasiga kiritildi. Bu har bir xarid tekshiruv bilan tasdiqlangan shaffof bozor sari qo‘yilgan qadamdir.