
Samsung o‘zining yangi One UI 8.0 interfeysini kutilganidan ancha erta foydalanuvchilarga taqdim etmoqda. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
O‘tgan hafta yangilanish avvaliga Galaxy S25 seriyasi uchun chiqarilgan edi, endi esa ro‘yxatga boshqa modellarning ham qo‘shilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirgi paytda Galaxy Z Fold 6, Galaxy Z Flip 6, Galaxy Z Fold SE va Galaxy S24 FE smartfonlari egalariga barqaror One UI 8.0 yangilanishi yetkazilmoqda. Avvalroq bu qurilmalar yangilanishni hafta oxirida olishlari rejalashtirilgan edi, ammo tarqatish allaqachon boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin yangilanish Galaxy S24, Galaxy S24 Plus va Galaxy S24 Ultra uchun ham chiqarilgandi.