Tarjima qila oladigan quloqchin, Klaudiya Kardinale vafoti, AQSh dollari 48 so‘mga oshdi — 24-sentabrning eng muhim xabarlari

Tarjima qila oladigan quloqchin Toshkentga yetib kelishi, Klaudiya Kardinale vafoti, AQSh dollari 48 so‘mga oshdi — Kursiv Uzbekistan tomonidan 24-sentabrning eng muhim voqea va hodisalari bitta materialga jamlandi.
Tarjima qila oladigan quloqchin Airpods Pro 3 Toshkentga yetib keldi

9-sentabr kuni Apple tomonidan AirPods Pro 3 quloqchinlari taqdim etilgan edi. Real vaqtda tarjima qilish imkoniga ega bu qoloqchinlar Toshkentda sotila boshlandi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.
Italiyalik mashhur aktrisa Klaudiya Kardinale 87 yoshida vafot etdi

Italiyalik mashhur aktrisa Klaudiya Kardinale 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda France 24 uning vakiliga tayanib xabar berdi.
25-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

25-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 219,08 so‘m (+48,05 so‘m) etib belgilandi.
Foydalanuvchilar yangi iPhone’ning Wi-Fi muammolaridan shikoyat qilmoqda

iPhone 17, iPhone 17 Pro, iPhone 17 Pro Max va iPhone Air foydalanuvchilari Wi-Fi muammosidan shikoyat qilmoqda.
Alibaba Qwen3-Max sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Xitoyning yirik elektron tijorat kompaniyasi Alibaba o‘zining eng kuchli sun’iy intellekt til modeli — Qwen3-Max’ni taqdim etdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Shota Rustaveli ko‘chasida transport harakati qisman tiklandi
Shota Rustaveli ko‘chasi Shahrisabz ko‘chasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi avtomobillar harakati uchun ochildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistondagi hayvonot bog‘larida qancha hayvon saqlanmoqda
2025-yil 1-yanvar holatiga mamlakatda 7 ta hayvonot bog‘i faoliyat yuritmoqda. Ularning umumiy maydoni 49,2 gektarni tashkil etadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Turkmanistonda pensiya va ish haqlarini oshirishni bekor qilish taklif qilindi
Turkmanistonda Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida o‘tgan Xalq Maslahati majlisida pensiya, nafaqa va stipendiyalarni har yili oshirish amaliyotini bekor qilish taklifi bildirildi.
iPhone 17 Pro smartfonini sotib olmaslik uchun 9 sabab
Mobile-Review bosh muharriri Eldar Murtazin Apple’ning yangi flagmanini sinovdan o‘tkazib, iPhone 17 Pro va 17 Pro Max’ni olishga arzimaydigan 9 sababni keltirdi.