
Angliya Liga Kubogi 1/16 finalida oʻrin olgan bahsda «Liverpul» oʻz maydonida «Sautgempton»ni qabul qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 43-daqiqada mersisaydliklar hujumchisi Aleksandr Isak tomonidan ochildi. 76-daqiqada esa Shea Charles imkoniyatlarni tenglashtirdi.
85-daqiqada Ugo Ekitike «Liverpul»ga gʻalaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi. Qizigʻi shundaki, Ekitike gol urganidan soʻng hissiyotlarini jilovlay olmadi va futbolkasini yechib yubordi. Hakam esa unga ikkinchi sariq kartochkani ko’rsatib, maydondan chetlatdi.
Shu tariqa «Liverpul» 1/8 finalga yoʻllanma oldi.
Angliya Liga Kubogi. 1/16 final
«Liverpul» — «Sautgempton» 2:1
Gollar: Isak (43), Ekitike (85) — Charles (76).
Liverpul — Mamardashvili, Frimpong, Leoni (Kerkez, 81), Gomes, Robertson, Endo, Jons (Bredli, 57), Kyeza, Nyoni, Ngumoha (Danns, 75), Isak (Ekitike, 46).
Sautgempton — Makkarti, Jelerd (Fellovs, 88), Edvars (Stivard, 88), Vud, Quarshie, Manning, Armstrong, Jander (Charles, 51), Dovnes, Siyenza (Robinson, 62), Archer (D. Downs, 51).
Shuningdek, kun davomida quyidagi oʻyinlar boʻlib oʻtdi:
«Linkoln» — «Chelsi» 1:2
Gollar: Strit (42) — Jorj (48), Buonanotte (50).
«Vulverxempton» — «Everton» 2:0
Gollar: Manetzi (29), Arokordare (88).
«Barnsli» — «Brayton» 0:6
Gollar: Gomes (9, 21, 33, 68), Houell (87), Ayyari (89).
«Fulhem» — «Kembrij» 1:0
Gol: Smit-Rou (66).
«Byornli» — «Kardiff» 1:2
Gollar: Flemming (56) — Koluill (30), Robinson (35).
«Uigan» — «Uikomb» 0:2
Gollar: Boyd-Mans (32), MkNeyli (62).
«Rekshem» — «Reding» 2:0
Gollar: Brodhed (57, 70).
Eslatib oʻtamiz, avvalroq «An Nasr» va «Al Ittihod» Saudiya Qirol Kubogi 1/8 final bosqichiga yoʻllanma olgani haqida xabar berilgandi.