BMT Isroilni xalqaro musobaqalardan chetlashtirish bo‘yicha FIFA va UEFAga murojaat qildi

24-sentabr 2025 15:07 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ekspertlari FIFA va UEFAga murojaat qilib, Isroil terma jamoalari va klublarini xalqaro musobaqalardan chetlatishni talab qilmoqda.

BMTning inson huquqlari bo‘yicha mutaxassislari bayonotida qayd etilishicha, Isroilning Falastindagi harakatlari xalqaro huquqning jiddiy buzilishi hisoblanadi. Ularning fikricha, sport tashkilotlari bunday vaziyatda befarq bo‘lib qolmasligi kerak.

«Genotsid ayblovlari ortida FIFA va UEFA hech qanday chora ko‘rmasdan, e’tiborsiz qolishi mumkin emas. Bu masalada sport ham o‘z pozitsiyasini ko‘rsatishi lozim», — deyiladi BMT eskpertlari murojaatida.

Hozircha FIFA ham, UEFA ham bu talab bo‘yicha rasmiy izoh bergani yo‘q. Shunga qaramay, Yevropa matbuotida Isroil futbolining xalqaro turnirlardan chetlatilishi ehtimoli haqida fikrlar paydo bo‘la boshladi.

Ma’lumot uchun, ilgari ham ayrim davlatlar yoki klublar siyosiy sabablar tufayli xalqaro musobaqalardan chetlatilgan edi. Jumladan, Rossiya 2022-yilda Ukrainadagi urush sabab FIFA va UEFA turnirlaridan chiqarib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan anjumanda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijning Falastin davlatini tan olishini e’lon qildi

Shuningdek