ChatGPT Captcha himoyasini yorib o‘tdi

eʼlon qilindi
OpenAI himoya choralarini kuchaytirish ustida ishlayotganini bildirdi
ChatGPT Captcha himoyasini yorib o‘tdi / Foto: Gemini

SPLX kompaniyasi olimlari ChatGPT’ning agent rejimidan foydalanib, veb-saytlarni himoya qiluvchi Captcha tizimini chetlab o‘tish yo‘lini topdi. Bu haqda Techradar nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, oddiy rejimdan farqli ravishda agent rejimi modelga internetda mustaqil ishlash imkonini beradi.

Tadqiqotchilar promt-inyeksiya texnikasi orqali ChatGPT’ni aldab, Captcha’ni soxta test sifatida qabul qilishga majbur qilishdi. Natijada sun’iy intellekt matnli va murakkab vizual topshiriqlarni ham yecha oldi.

Mutaxassislarning fikricha, bu zaiflik firibgarlar uchun qulay sharoit yaratib, soxta akkauntlar ochish, spam tarqatish va avtomatlashtirilgan hujumlarni kuchaytirishi mumkin.

OpenAI muammodan xabardor qilinganini va himoya choralarini kuchaytirish ustida ishlayotganini bildirdi. Shu bilan birga, Captcha’ni aylanib o‘tish xavfi hali ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google’ning Gemini ilovasi yuklashlar soni bo‘yicha ChatGPT’ni ortda qoldirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek