Farg‘onada olti fuqaro nomiga mashina olib, ularni sotib yuborgan shaxs qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
U bank krediti to‘lovlarini o‘zi to‘lab borishini va’da qilgan
Farg‘onada olti fuqaro nomiga mashina olib, ularni sotib yuborgan shaxs qo‘lga olindi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida olti fuqaro nomiga mashina olib, ularni sotib yuborgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, qo‘qonlik shaxs olti nafar fuqaro nomiga ajratilgan avtokredit mablag‘lari hisobiga sakkizta avtomobil sotib olgani ma’lum bo‘ldi.

U bank krediti to‘lovlarini o‘zi to‘lab borishini va’da qilib, jami 1,2 milliard so‘mlik kredit hisobidan mashinalarni boshqa shaxslarga sotib yuborgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Navoiyda soxta hujjatlar bilan yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi. Unga ko‘ra, Karmana tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar soxta hujjatlar tayyorlab, yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, ular «Navro‘z» MFY hududida joylashgan yer maydoni bo‘yicha internetda e’lonlar berib, yer o‘zlariga tegishli ekanini ko‘rsatadigan hujjatlarni qalbakilashtirgan.

Shuningdek