iPhone 17 va Samsung Galaxy S25: qaysi biri kuchliroq

24-sentabr 2025 18:08 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
iPhone 17 Samsung Galaxy S25
iPhone 17 va Samsung Galaxy S25: qaysi biri kuchliroq / Foto: SI yordamida yaratilgan

2025-yil kuzida smartfon bozoridagi eng asosiy savollardan biri — yangi iPhone 17 smartfonini olgan ma’qulmi yoki Samsung Galaxy S25 smartfonini tanlash kerakmi? Har ikki kompaniya o‘z flagmanlarini taqdim etib, millionlab muxlislarning e’tiborini tortdi. Biz ikki mashhur modelni Palach nashriga tayanib, batafsil taqqoslab, qaysi biri foydalanuvchilar uchun qulayroq ekanini o‘rganamiz.

Dizayn va ergonomika

Samsung Galaxy S25 armirlangan alyuminiy ramka va Gorilla Glass Victus 2 bilan mustahkamlangan. Qurilma atigi 162 gramm og‘irlikka ega, qalinligi esa 7,2 mm bo‘lib, qo‘lda juda yengil va qulay turadi. Orqa panelidagi mat qoplama esa unga yanada nafis ko‘rinish beradi.

Foto: Palach

iPhone 17 ham yengil va qulay — 177 gramm, qalinligi 7,2 mm. Qurilma Ceramic Shield 2 bilan himoyalangan, bu esa oldingi avloddan uch barobar mustahkamroq. Burchaklari yumaloqlashtirilgan, tekis ramkasi esa qo‘lda ushlashni yanada qulaylashtiradi.
Har ikkisi IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan, ya’ni yomg‘ir yoki to‘satdan suv sachraganidan xavotirlanishga hojat yo‘q.

Ekran sifati

Galaxy S25’da 6,2 dyuymli Dynamic LTPO AMOLED 2X displey bor. Full HD+ aniqlik, HDR10+ qo‘llab-quvvatlashi va 2600 nitgacha yorqinlik bilan u quyosh ostida ham aniq ko‘rinadi.

iPhone 17 esa 6,3 dyuymli LTPO Super Retina XDR OLED ekran bilan taqdim etildi. 120 Hz yangilanish chastotasi, 460 ppi zichlik va 3000 nit yorqinlik uni Galaxy S25’dan ustun qo‘yadi. Bundan tashqari, maxsus anti-blik qoplamasi bor — bu juda yorqin sharoitda ham ko‘zga qulay.

Har ikki smartfonda ekran ranglari juda jonli, lekin iPhone tabiiyroq ohanglarni taklif qiladi, bu foto va video tahriri bilan shug‘ullanuvchilar uchun katta ustunlik.

Ishlash quvvati

Apple iPhone 17 yangi A19 chipiga ega, 8 GB tezkor xotira va NVMe saqlash tizimi bilan birga ishlaydi. iOS optimizatsiyasi tufayli oddiy vazifalar ham, og‘ir grafikaga ega o‘yinlar ham muammosiz bajariladi.

Samsung Galaxy S25 esa Snapdragon 8 Elite for Galaxy protsessori va 12 GB tezkor xotira bilan kuchliroq. Antutu 10 testida u iPhone’dan 40% ga yuqori natija ko‘rsatdi. Yana UFS 4.0 xotira turi tufayli fayllar bilan ishlash ancha tez.

Foto: Palach

Har ikki model quvvat jihatidan kuchli, ammo o‘yinlarda va ko‘p vazifali ishlashda Samsung bir oz oldinda.

Kamera imkoniyatlari

Galaxy S25 uch kamerali tizimga ega: 50 MP asosiy, 12 MP ultra-keng va 10 MP telefoto linzasi 3 barobar optik zum bilan. Videoni 8K formatida suratga olish mumkin, auto-HDR ham mavjud.

Foto: Palach

iPhone 17’da ikkita 48 MP sensor qo‘llangan. Asosiy kamera sensor-shift stabilizatsiya bilan, ikkinchisi esa 120° ko‘rish burchagiga ega ultra-keng linza. Selfi uchun 18 MP kamera mavjud bo‘lib, u yuzni aniqlash va kadrni avtomatik moslashtirish funksiyalariga ega.

Foto: Matthews.Tech

iPhone 17 yanada tabiiy ranglar va yuqori detallashtirish beradi, ayniqsa tungi suratlarda yaxshi ishlaydi. Galaxy esa zum va sovuqroq ranglar bilan ustun.

Dasturiy ta’minot

iPhone 17 yangi iOS 26’da ishlaydi. Apple ekotizimiga ega foydalanuvchilar uchun bu katta plius — MacBook, iPad yoki Apple Watch bilan integratsiya juda qulay. iOS yangilanishlari uzoq yillar davom etadi, barqarorlik esa har doim yuqori.

Samsung Galaxy S25 Android 15 asosidagi One UI 7’da ishlaydi. Bu interfeys ko‘proq erkinlik va maxsus AI-funktsiyalarni taklif etadi: ovozli yordamchi, foto va video tahriri, kengaytirilgan multitasking. Eng muhimi, Samsung 7 yil davomida yangilanish kafolatlaydi.

Xavfsizlik va qulaylik

iPhone 17 an’anaviy FaceID bilan cheklanadi, u tez va ishonchli ishlaydi. Samsung esa qo‘shimcha sifatida ultratovushli ekrandagi barmoq izi skaneri ham taklif qiladi. Bu foydalanuvchiga tanlov erkinligini beradi.

Batareya va zaryadlash

Galaxy S25 — 4000 mA/soat, iPhone 17 esa 3692 mA/soat quvvatga ega. Har ikkisi kunlik foydalanishda bemalol yetadi.

iPhone 17 20 daqiqada 50% gacha tezkor zaryad oladi. Galaxy S25’da bu jarayon 30 daqiqa davom etadi. Biroq Galaxy foydalanuvchilarga Samsung DeX funksiyasi orqali smartfonni mini-kompyuter sifatida ishlatish imkoniyatini beradi.

Qo‘shimcha farqlar

iPhone 17’da 256 GB xotira bazaviy modeldan boshlanadi. Galaxy S25 esa 128 GB’dan boshlanadi.

Apple qurilmasida Action Button va Camera Control tugmalari mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tarjima qila oladigan quloqchin Airpods Pro 3 Toshkentga yetib kelgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek