Lifestyle

Jeki Chan Olmaota aeroportida ko‘rinish berdi

Джеки Чан
Jeki Chan Olmaota aeroportida ko‘rinish berdi / Foto: Josertorresb / X

Kursiv Kazakhstan xabariga ko‘ra, mashhur aktyor va jang san’ati ustasi Jeki Chan Olmaota aeroportida ko‘rinish berdi. Uning surat va videolari tezda Qozog‘iston internet segmentida tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jeki Channi Salem Entertainment mediakompaniyasi vakillari kutib olgan. Kompaniya Markaziy Osiyoda videokontent ishlab chiqarish va tarqatish bilan shug‘ullanadi.

Qozog‘istonlik kinoijodkor Karim Qodirboyev esa Instagram’dagi sahifasida aktyorning tashrifini tasdiqlab, tez orada batafsil ma’lumot berishini bildirdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ma’lumot uchun, Jeki Chan (asl ismi Chen Ganshen) 1954-yil 7-aprelda Gonkongda tug‘ilgan. U murakkab tryuklari va jang san’atining komedik uslubi bilan dunyoga tanilgan. Aktyor o‘nlab filmlarda, jumladan «Mast ustoz», «Politsiya tarixi», shuningdek Gollivudning mashhur «Shoshilinch soat» va «Bronksdagi to‘qnashuv» filmlarida rol o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jeki Chan ishtirokida «Kichkina Ajdarho» filmining davomi suratga olinishi haqida yozgan edik.